09:33 / 27.09.2016
18537

27 sentabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

26 sentabr tuni va 27 sentabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Yevropada butun yer yuzidagi suvdan 2 barobar ko‘proq suv bor

Astronomlar Yupiter sayyorasi yo‘ldoshi bo‘lmish Yevropada Hubble kosmik teleskopi orqali oqar suvlarga o‘xshash holatning guvohi bo‘lishgan.

>>> Batafsil.

Avstraliyalik yigitning akulaga yem bo‘lishiga bir bahya qoldi

O‘n yetti yashar serfingchi yigit katta oq akulaning hujumidan omon qoldi. Bu haqda Time xabar bermoqda.

>>> Batafsil.

Italiyalik shifokorlar adashib sog‘lom buyrakni olib tashlashdi

Italiyalik shifokorlar jarrohlik amaliyoti davomida xabis o‘simta rivojlangan o‘ng buyrakning o‘rniga adashib, chap buyrakni olib tashlashdi. Bu haqida The Local nashri ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Joli va Pitt nikoh shartnomasini tuzganda nimaga kelishishgan?

Anjyelina Joli va Bred Pitt ajrashish jarayonida mol-mulkni taqsimlashmaydi, zero Hollivud yulduzlari nikoh shartnomasini tuzganda shunga kelishishgan.

>>> Batafsil.

Ozarbayjonda konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum natijalari e'lon qilindi

Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panohov 26 sentabrda mamlakatda bo‘lib o‘tgan referendum natijalarinini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Britaniya TIV rahbari Usmoniylar sulolasiga mansub ekanligini yodga soldi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Anqaraga tashrifi chog‘ida o‘z uyida Turkiyada ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinasidan foydalanishi va uning xizmat ko‘rsatishidan juda mamnun ekanligini aytdi.

>>> Batafsil.

Rolls-Royce o‘z tarixida birinchi bor yirik buyurtma qabul qildi

Tadbirkor Stiven Xun tomonidan buyurtma qilingan Rolls-Royce Phantom’ning 30 avtomobili Britaniyaning Gudvud shahridagi zavodni tark etdi.

>>> Batafsil.

Uy uchun zamonaviy shaxsiy lift

Yosh o‘tgan sari zinopoyalar bo‘ylab tepaga chiqib, tushish qiyinchilik tug‘diradi. O‘z uyingizda individual liftning paydo bo‘lishi keksa insonlar uchun muhim va zaruriy vositaga aylanishi mumkin.

>>> Batafsil.

Top