15:00 / 27.09.2016
4847

Bloomberg: Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirmoqchi

Saudiya Arabistoni so‘nggi sakkiz yil mobaynida ilk marotaba neft qazib olish miqdorini qisqartirishi mumkin. Bu amaliyot “qora oltin” bahosini ko‘tarish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. Biroq, Eron mazkur rejaning ortga surilishiga erishmoqchi. 

«Ikki mamlakat vaziyatni turlicha baholamoqda», — degan Capital Economics xodimi Jyeyson Tuvi Bloomberg agentligiga.

Uning yodga olishicha, Eron yaqin vaqtgacha sanksiyalar ostida edi. «Shunday ekan, hozir u iqtisodiy o‘sishni boshidan kechirmoqda, chunki sarmoyalar qaytmoqda, shu bilan neft ishlab chiqarish hajmi ham ortayapti. Saudiya Arabistoniga esa, xarajatlarni sezilarli qisqartirish masalasi tahdid solayapti», — degan Tuvi.

Ta'kidlanishicha, Tehron shu paytgacha neftni sotishdan tushadigan foydaga Ar-Riyod kabi bu qadar qaram bo‘lib qolmagan. Saudiya Arabistoni podshohligi esa, so‘nggi ikki yilda neft narxining pastligi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda. 

Top