19:53 / 27.09.2016
24545

Raqamli televideniyening yangi qirralari

Zamonaviy texnologiyalar ilojsiz narsalarga imkon yarata oladi. Televizor ko‘rish chog‘ida nafaqat mahalliy, shuningdek xorijiy kanallarni 20 yil ilgari ekrandagi kamchiliklarsiz ko‘ra olgani haqida kim maqtanib ayta oladi? Hozirgi kunga kelib deyarli barcha foydalanuvchilar ayta oladilar. Raqamli televideniye imkoniyatlarini tushunish uchun «UZDIGITAL TV» kompaniyasi yordam bera oladi.

ICT Expo 2016 ko‘rgazmasi har yili O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining rasmiy qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkil etiladigan eng saviyali ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Ko‘rgazma ishtirokchilari axborot-texnologiyalari sohasidagi yutuqlari va yangiliklarini namoyish etishdi. 3 kun davom etgan ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar soni 35 mingga yaqin bo‘ldi. 

Ko‘rgazma davomida OOO «UZDIGITAL TV» kompaniyasi o‘z foydalanuvchilariga hisob holatini bilish va xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy telefonlar (smartfonlar) uchun mobil ilovani taqdim etdi. Bu ilova orqali:

  • O‘z hisob raqamingizni nazorat qilish;
  • Xarajatlar detalizatsiyasini ko‘rish;
  • Hisob holati va joriy tarifni bilish;
  • Tarif rejasini o‘zgartirish;
  • UZDIGITAL TV xizmatini vaqtincha o‘chirish;
  • UZDIGITAL TV’dagi so‘nggi yangiliklarni bilish;
  • Ko‘rsatuvlar dasturini ko‘rish;
  • Teleko‘rsatuv yoki film boshlanishida eslatma olishingiz mumkin.

Endi «UZDIGITAL TV» foydalanuvchilari sevimli ko‘rsatuvlari va uzoq kutilgan futbol o‘yinlarini o‘tkazib yubormaydilar. Mobil ilovaning “Eslatish” funksiyasi teleko‘rsatuvlarning boshlanish vaqtidan 5, 10 yoki 15 daqiqa avval ogohlantirish imkoniyatiga ega.
Xizmatlarni boshqarish va “Mening profilim” bo‘limidan foydalanishga ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanuvchilar «UZDIGITAL TV» xizmatlariga ulanganda olingan shaxsiy ID-raqamdan foydalanishlari zarur.

  ​

«UZDIGITAL TV» ilovasi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud*

*ilova bepul. Internetga ulanish talab etiladi (internetdan foydalanish aloqa operatoringiz tarifiga asosan hisoblanadi)

Ko‘rgazmaga kelganlarning «UZDIGITAL TV» mobil ilovasiga bo‘lgan qiziqishi kutilganidan ham ko‘proq bo‘ldi: Foydalanuvchilar ilovaning ishlatishda qulayligi, funksional va soddaligiga yuqori baho berishdi.

Sevimli teleko‘rsatuvlar, filmlar va sport musobaqalarini o‘tkazib yubormaslikni xohlaysizmi? Unda «UZDIGITAL TV» mobil ilovasidan foydalaning!

Mavzuga oid
Top