22:54 / 27.09.2016
10466

Rossiya TIV Suriya bo‘yicha AQSh bilan kelishuv matnini chop etdi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi o‘zining rasmiy saytida Rossiya va AQShning Suriya bo‘yicha kelishuv matnini chop etdi. 

TIV izohida ta'kidlanishicha, G‘arb OAVda shunga doir xabarlar chiqa boshlaganidan keyingina AQSh davlat departamenti maqola sanasini Rossiya bilan muvofiqlashtirib o‘tirmay, hujjatlarning bir qismini o‘z saytida joylashtirgan. Rossiya ham, o‘z o‘rnida, kelishuvning rus tilidagi matnini chop etdi. 

Shuningdek Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShni Suriya bo‘yicha kelishuvlarining butun paketini chop etishga chaqirdi. 

 

Mavzuga oid
Top