14:48 / 27.09.2016
7711

Tailandda mashina yo‘l chetida 1 yildan beri egasini kutayotgan itni urib ketdi

Tailandning Chantxaburi viloyatidagi trassa yoqasida 1 yildan buyon o‘z xo‘jayini kelishini kutib turgan Lung laqabli sadoqatli itni mashina bosib ketdi.

Bangkok Post nashri ma'lumotiga ko‘ra, 1 yil davomida Lung marhum egasini kutishda davom etgan, atrofdagi hududlarda yashovchi aholi esa uning qornini to‘ydirgan. Ba'zi kishilar uni asrab olish maqsadida uylariga olib borishgan, lekin har safar Lung uydan qochib ketib, birinchi xo‘jayinini kutishga chiqqan.

Chantxaburidagi jonivorlarni himoya qilish klubi itning jasadini dafn etgan.

Top