10:12 / 27.09.2016
6073

Tramp Yaponiya o‘z xavfsizligini ta'minlashi uchun AQShga pul to‘lashini taklif etdi

AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp Yaponiya va boshqa mamlakatlar o‘z xavfsizligini ta'minlashi uchun AQShga pul to‘lashi yoki AQShning qarzlaridan qutulishida yordam berishi kerakligini ta'kidladi.

"Biz Yaponiyani himoya qila olmaymiz... Men shuni aytamanki, ular o‘zlarini o‘zlari himoya qila olishlari yoki bizga pul to‘lab, qarzlarimizdan xalos bo‘lishga yordam berishlari kerak. Biz 20 trillion qarzga ega mamlakatmiz", degan Tramp.

U "AQSh Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya kabi qator mamlakatlar xavfsizligini himoya qilib kelayotgani va bu mamlakatlar buning uchun pul to‘lashmayotgani"ni qayd etib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top