14:49 / 27.09.2016
7784

YouTube videolarni yuklash va oflayn tarqatish imkonini beruvchi ilovani taqdim etdi

AQShning Google kompaniyasi YouTube Go ilovasini taqdim etdi. Mazkur ilova yordamida videoxosting xizmatidan videolavhalarni telefonga yuklab, so‘ngra uni Bluetooth vositasida tarqatish mumkin bo‘ladi.

YouTube Go ilovasi asosan Hindiston va internetga ulanish cheklangan va qimmat hisoblanuvchi mamlakatlarga mo‘ljallangan. 

Yaqin orada ishga tushishi kutilayotgan dastur yordamida roliklarni telefonga yuklab olish va Bluetooth vositasida do‘stlarga ulashish mumkin bo‘ladi. Bunda, smartfon egalari internet trafigini nazorat qila olishadi. Chunki, har bir videorolikning aniq hajmi ko‘rsatiladi. 

Google kompaniyasining qayd etishicha, dastur yangidan ishlab chiqilgan va rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining zamonaviy trendlardan ortda qolmasligiga ko‘maklashishga qaratilgan. Biroq, kompaniya YouTube Go ilovasidan qaysi usulda foyda ko‘rmoqchi ekaniga oydinlik kiritilmagan. Taxminlarga ko‘ra, videoroliklar qurilmaga reklama bilan birga yuklanishi mumkin. 

Hozircha, YouTube Go ilovasi ishlashi mumkin bo‘lgan dasturiy ta'minotlar va mamlakatlar ham oshkor qilinmagan. 

Top