AQSh KXDR tomonidan bo'layotgan tahdidlar sabab Janubiy Koreyada raketaga qarshi tizimni kengaytirishni ko'zlamoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi yordamchisi Deniel Rassel ma`lum qilgan.

Rassel 27 sentabr kuni vakillar palatasining tashqi ishlar qo'mitasida qilgan chiqishida KXDRning 9 sentabr kuni yadro sinovini o'tkazgani qurollanishni kengaytirishni talab etayotganini ma`lum qilgan. Uning eslatishicha, AQSh va Janubiy Koreya THAAD tizimini rivojlantirishni muhokama qilmoqda.

Bundan tashqari, Rasselning ma`lum qilishicha, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRni xalqaro moliyaviy resurslardan cheklash masalasini hal etishni ham rejalashtirishmoqda.

Uning tushuntirishicha, sanksiyalar oqibatida KXDRning ko'mir savdosi va shimoliy koreyaliklar xorijda ishlab vatanlariga jo'natayotgan pul o'tkazmalari zarba ostida qoladi.