21:57 / 28.09.2016
6528

Angliya terma jamoasiga Venger bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi.

Vengerning klub bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan, lekin «Arsenal»ning asosiy aksioneri Sten Kronke fransuz mutaxassisi bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirish niyatini bildirgan.

27 sentabr kuni Angliya terma jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Sem Ellardays o‘z lavozimini tayinlanganidan 67 kun o‘tib, jurnalistik tekshiruvlarda korrupitsiyaga aloqadorligi ma'lum qilingani ortidan tark etgandi. Uning o‘rniga kelishi mumkin nomzodlar qatorida ayni vaqtda «Kristal Pelas»ni boshqarayotgan Alan Pardyu nomi ham bor.

Mavzuga oid
Top