09:03 / 28.09.2016
5879

Jeep yangi shahar toifasidagi krossoverini namoyish etdi

AQShning Jeep kompaniyasi yangi avlod Compass krossoverini namoyish etdi. U savdo belgisi modellari orasida ikkita rusum – avvalgi Compass va Liberty (Patriot)ni almashtirishi kerak. Avtomobilning Shimoliy Amerika bozori uchun chiqarilgan rusumi rasman 2016 yil noyabrida Los Anjyeles avtosalonida taqdim etiladi. 

Motor Authority nashrining yozishicha, Compass modelining Yevropa uchun mo‘ljallangan namunasi esa, 29 sentabr kuni Parijda taqdim etiladi. Nissan Qashqai, Kia Sportage va Mazda CX-5 uning asosiy raqobatchilari bo‘lishi aytilayapti. Yangi avlod jipi tashqi ko‘rinishdan Grand Cherokee mashinasining kichraytirilgan namunasini yodga soladi. Compass salonida multimedia tizimiga ega kattagina sensorli displey va yirik havo o‘tkazgichlar bor. 

Biroq, hozircha, Compass’ning texnik jihatlari sir tutilmoqda. Shunga qaramay, norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobilning motorlari qatoriga 1,4 litr, benzinli  4 silindr MultiAir Turbo kiradi. U 160 ot kuchiga ega. Bundan tashqari, 2,4 litrli, 184 ot kuchiga ega, Tigershark dvigateli ham mavjud. Shu bilan birga, model 2,0 litrlik kuchaytirilgan agregat bilan ham jihozlanishi mumkin. 

Dastlab, mashina uch xil namunada: Sport, Longitude va Limited rusumida ishlab chiqiladi. Keyinchalik krossoverning yana bitta Trailhawk modeli mijozlar e'tiboriga havola etiladi. 

Mavzuga oid
Top