16:41 / 28.09.2016
6751

Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan chegarasidagi o‘tkazuv punktlaridan birini yopdi

Qirg‘iziston Respublikasi noma'lum muddatga Qozog‘iston bilan chegarasida joylashgan "Tokmok-avtodorojnyy" nazorat-o‘tkazuv punktini yopdi, deb xabar qilmoqda respublika chegara xizmati. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, NO‘P "bosh vazir Jeenbekov qaroriga asosan qayta qurish maqsadida yopilgan". "Qurilish ishlarining yakunlanish muddati alohida ma'lum  qilinadi", - deyiladi xabarda.

Fuqarolar qurilish ishlari vaqtida "Kenbulun-avtodorojnyy", "Akjol-avtodorojnyy" va "Aktilek- avtodorojnyy" nazorat-o‘tkazuv punktlaridan foydalanib turishlari mumkin. 

"Umuman, respublikaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyasi tufayli Qirg‘iziston-Qozog‘iston davlat chegarasining "Tokmok-avtodorojnyy", "Kenbulun-avtodorojnyy" punktlari qayta quriladi, "Aktilek- avtodorojnyy" va "Chaldybar-avtodorojnyy punktlari ta'mirlanadi", - deyiladi chegara xizmati xabarida. 

Mavzuga oid
Top