20:35 / 28.09.2016
6640

“Paxtakor” Toshkent derbisida “Lokomotiv”ni mag‘lub qildi

Oliy Liganing 24-turida Toshkent derbisi kuzatildi: “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida muxlislar 3ta gol guvohi bo‘lishdi. Jalol Masharipov ketma-ket ikki bor Ignatiy Nesterov darvozasini ishg‘ol qildi. Dastlab Masharipov boshi bilan gol urgan bo‘lsa, keyingi safar o‘zining texnikasini namoyish qilgan holda Nesterovni ojiz qoldirdi. 

“Lokomotiv” o‘tkazib yuborilgan gollardan keyin bor e'tiborini hujumga qaratdi. Natijada, Ikrom Aliboyevning aniq to‘p oshirishidan so‘ng Sanjar Shoahmedov kuchli zarbasi bilan Lobanov darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni qisqartirdi - 2:1.

O‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi va derbi mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endilikda "Lokomotiv" hisobidagi ochkolar soni 56taligicha qolmoqda. Shunga qaramay, jamoa birinchi o‘rinda joylashib turibdi. "Paxtakor" esa 41 ochko bilan 5-o‘rinda.

Bundan oldinroq, "Bunyodkor" safarda "Buxoro"ga qarshi kechgan uchrashuvda 0:0 hisobini qayd etgan va peshqadamga yaqinlashib olish imkonidan foydalana olmagandi. "Bunyodkor" 52 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, "Buxoro" 43 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.

“Paxtakor” – “Lokomotiv” – 2:1
Gollar: Jaloliddin Masharipov 23, 25, -  Sanjar Shoahmedov 42, - 2:1
Paxtakor: 16.Aleksandr Lobanov, 28.Stanislav Andreyev, 21.Kamoliddin Tojiyev, 4.Adnan Oraxovats, 24.Davron Hoshimov, 5.Akbar Ismatullayev, 7.Azim Ahmedov, 15.Javohir Sohibov, 9.Jaloliddin Masharipov (48.Temur Tolipov, 89), 10.Jamshid Iskanderov (Abbos Otaxonov, 90+3), 55.Jasur Hakimov (14.Jamshid Boltaboyev, 60).

Lokomotiv: 1.Ignatiy Nesterov, 33.Oleg Zoteyev, 5.Kaxi Maxaradze, 13.Nemanya Yanichich, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 18.Temur Kapadze (71.Artur Gevorkyan, 58), 28.Ikrom Aliboyev, 8.Server Jyeparov (70.Ivan Nagayev, 85), 15.Sardor Mirzayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 10.Marat Bikmayev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 50)

Mavzuga oid
Top