08:01 / 28.09.2016
5063

Rasman. Angliya bosh murabbiyi Sem Ellardays iste'foga chiqarildi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Angliya futbol  Assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Endilikda terma jamoaning navbatdagi to‘rtta uchrashuvida vaqtinchalik Garet Sautgeyt bosh murabbiy sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Angliya terma jamoasi Sautgeyt qo‘l ostida Malta, Sloveniya, Shotlandiya va Ispaniyaga qarshi to‘p suradi.

Sem Ellardays Yevro-2016dan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U terma jamoani 67 kun boshqardi. Shundan bitta o‘yin o‘tkazishga erishdi va “uch sherlar” Slovakiyani 1:0 hisobida mag‘lub qildi.

 

manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top