09:25 / 28.09.2016
7600

Rossiya termasi futzal bo‘yicha jahon chempionati finaliga yo‘llanma oldi

Rossiya terma jamoasi mini futbol bo‘yicha JCh-2016 yarim finalida Eron terma jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi. 

Rossiya bosh futzal jamoasi hal qiluvchi bahsda Argentina — Portugaliya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Argentina-Portugaliya o‘rtasidagi yarim final o‘yini 29 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Qayd etish kerakki, rossiyaliklar o‘z tarixida ilk bor mazkur chempionatning finaliga qadar yetib kelish vazifasini uddalashdi. 1996 yilda Rossiya milliy termasi JCh bronza medali sovrindori bo‘lgan edi. 

Top