17:13 / 28.09.2016
7591

O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (O‘IHHQJF) delegatsiyasi joriy yilning 22-26 sentabr kunlari Ozarboyjon Ozod iste'molchilar ittifoqi (OOII) taklifiga binoan Ozarboyjon Respublikasiga safar qildi.

Safar chog‘ida O‘IHHQJF bilan OOII o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, tomonlar o‘zaro axborot almashish, qo‘shma loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, mutaxassis va delegatsiyalar almashuvi, birgalikda uchrashuv, konferensiya, seminar va simpoziumlar tashkil qilish to‘g‘risida kelishib oldi. 

Memorandumni imzolash marosimida so‘zga chiqqan O‘IHHQJF raisi Jahongir Sarimsoqov, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish Federatsiya tarkibiga kiruvchi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini faoliyatini jahon tajribasiga asoslangan holda takomillashtirish va iste'mol madaniyatini oshirishga yordam beradi.

O‘z navbatida, OOII raisi E.Huseynov bugungi kunda har bir mamlakatning ichki bozorida ham transmilliy korporatsiyalarning, ham chet el kompaniyalarining tovarlari sotilayotganini hamda o‘z mamlakati iste'molchilari huquqlarini himoya qilish uchun tajriba va axborot almashish, shuningdek, chet el va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi zarur ekanini qayd etdi.

 

Top