21:13 / 29.09.2016
9017

BAAlik mutaxassis terrorchilikka qarshi koalitsiyani tuzishning imkoni yo‘qligi sababini aytdi

Rossiya tomonidan taklif qilingan keng xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasini ayni sharoitlarda yaratishning imkoni yo‘q, chunki turli davlatlar "terrorchilarni" o‘zlaricha tasavvur qiladilar, deb aytdi BAA poytaxti Abu-Dabidagi "Al-Mustaqbal" ilg‘or tadqiqotlar markazining terrorchilik tashkilotlari bo‘yicha mutaxassisi Fadi Abdulvahob.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir yil avval taklif qilgan keng xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasini tuzishning hozir ham iloji yo‘q, chunki barcha davlatlar terrorchilikka qarshi kurashish kerakligini aytishadi, biroq barcha bu tushuncha ostida turlicha narsani tushunadi", deb aytdi Abdulvahob.

Uning aytishicha, misol uchun, aholisining aksariyati sunniylar bo‘lgan arab davlatlarida terrorchilikka qarshi kurash deganda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriya, Yaman, Iroq, Bahrayndagi shialar guruhlariga qarshi kurash tushuniladi. "Ko‘pchilik arab davlatlari Eronni terrorchilikka qarshi kurashuvchi koalitsiyaning bir qismi bo‘la olmaydi, deb hisoblaydilar, chunki Eron yakka hukmronlik o‘rnatish reyejalari bilan arab dunyosi xavfsizligiga xavf soladi", deb aytdi mutaxassis. 

Abdulvahobning ta'kidlashicha, arab dunyosida terrorchilikni tartibga solinmagan ichki ixtiloflar, jumladan hukumatdan chetlatish va ma'lum diniy guruhlarning tahqirlanishi hamda ta'sir etish uchun hududiy kurash keltirib chiqargan.

"Dastlab mintaqada mavjud ixtiloflarni siyosiy yo‘l bilan tartibga solish va dunyoda diniy mansubligiga qaramasdan, terrorchilik guruhlariga yagona qarash va yondashuvni shakllantirish lozim, ana shundan keyin keng xalqaro koalitsiya yaratish haqida gapirsa bo‘ladi", deb hisoblamoqda mutaxassis.   

 

Mavzuga oid
Top