08:13 / 29.09.2016
8591

Futzal bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi finalchisi ma'lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasi futzal (mini-futbol) bo‘yicha jahon chempionatining yarim finalida Portugaliya terma jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Argentinaliklar safida gollarni Kristian Borruto, Damyan Statstsone, Alamiro Vaporaki, Alan Brandi va Leandro Kussolino kiritdilar.

Argentina musobaqa finalida bundan avvalroq Eronni 4:3 hisobida yutgan Rossiya bilan uchrashadi. 

Argentina va Rossiya terma jamoalari futzal bo‘yicha jahon chempionatining finaliga birinchi marta chiqdilar. Hal qiluvchi o‘yin 2 oktabrda Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa Kolumbiyada bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mavzuga oid
Top