19:12 / 29.09.2016
10890

Video: Useyn Bolt Ouen Uilson va Jyeyms Korden bilan musobaqalashdi

100 metr masofaga yugurish bo‘yicha 9 karra Olimpiada chempioni The Late Late Show boshlovchisi Jyeyms Korden hamda Hollivud aktyori Ouen Uilson, shuningdek, Kordenning muxlislari bilan birga chopishdi.

Uilson falstart bilan oldinga chiqib ketishga uringan bo‘lsada, Bolt qiyinchiliksiz marraga birinchi bo‘lib kelgan.

Poyga jiddiy sport musobaqalari kabi tasvirga olingan, kadr ortida boshlovchi gapirib turgan. The Late Late Show kanaliga qo‘yilgan bu rolik 2 kun ichida 1,5 million marta ko‘rilgan.

Qayd etish kerakki, yamaykalik sportchi bu masofaga yugurishda 3 marta Olimpiada chempioni bo‘lgan - Pekin-2008, London-2012 va Rio-de-Janeyro-2016.

Mavzuga oid
Top