15:44 / 30.09.2016
3943

Xitoyda ko‘chki oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 23 kishi bedarak yo‘qoldi

Xitoy sharqidagi Chjetszyan muzofotida joylashgan qishloqlardan birida ko‘chki oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 23 kishi izsiz yo‘qoldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Voqea 29 sentabr kuni, Sutsun qishlog‘ida ro‘y bergan.

Tog‘dan qishloqqa kelib tushgan ko‘chkining hajmi 400 ming kubometrni tashkil etmoqda. Halokat joyida 20 ta uy vayron bo‘lgan, yana 17 tasi ko‘chki ostida qolgan. Hukumat qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish vaqtida 1460 kishini yaqin atrofda joylashgan uylarga vaqtinchalik ko‘chirishga majbur bo‘lgan.

Agentlik bergan ma'lumotga ko‘ra, soat 04:00gacha (Toshkent vaqti bilan) 15 kishi qutqarilgan, izsiz g‘oyib bo‘lgan 23 kishi topilmagan.

Ko‘chkiga sabab “Megi” to‘foni olib kelgan yomg‘irlar deya ko‘rsatilgan. 

Top