20:01 / 30.09.2016
17451

Kechki dayjest: 30 sentabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 30 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Bugundan O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlarda nomzodlar rasman ilgari surila boshlanadi

2016 yilning 2 sentabrida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida insult kasalligidan vafot etgan edi.

>>>  Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini yo‘lladi.

>>>  Batafsil.

Internetni lol qilgan oltin to‘y: tantanada kelin yevrodan libos kiydi

Slovakiyada istiqomat qiluvchi 19 yoshli Yeva va 20 yoshli Lukasning to‘yida olingan videotasvir Youtube'ning xitiga aylandi.

>>> Batafsil.

Internet foydalanuvchilarini yangi video hayratga solmoqda

Milliy telekanali ijodkorlari tomonidan yangi videorolik tayyorlandi.

>>> Batafsil.

Halabda jangarilar istalgan binolarini, hatto masjidlarni ham vayron qilmoqda

Suriyaning Halab viloyatida o‘t ochishlar nafaqat turar-joy binolariga, balki masjidlarga ham qaratilmoqda.

>>> Batafsil.

Merkel va Obama Rossiyaning Halabga berayotgan aviazarbalarini qoraladi

AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel, ularning ta'biri bilan aytganda, Rossiya va Suriya hukumatining mamlakat sharqidagi Halab shahriga berayotgan varvarlarcha havo zarbalarini qoralashdi.

>>> Batafsil.

Venesuela rahbari "birinchi raqamli dushman" kimligini ma'lum qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatning muxolif parlamenti rahbari Enri Ramosni "xalqning birinchi raqamli dushmani", ekanini ta'kidlamoqda.

>>> Batafsil.

Parij avtomobil tomoshasining kontsept-karlari

Parij avtosalonida yaqin kelajakda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan avtomobillar namunalari namoyish etildi.

>>>  Batafsil.

Mercedes kompaniyasidan yangi yaxtani kutib oling — Silver Arrow of the Seas

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining yangi hashamatli avtomobillari qatorini dabdabali yaxta ishlab chiqarish bilan yangi xaridorlarni o‘z mahsulotlariga jalb qilmoqchi ko‘rinadi.

>>> Batafsil.

"Lose It!" ilovasi suratga qarab taomning kaloriyasini aniqlab beradi

"Lose It!" mobil ilovasi ortiqcha vaznni nazorat qilish uchun yangi funksiyaga ega bo‘ldi: uning yordamida nonushtangizni suratga olib, undagi kaloriya miqdori haqida ma'lumot olishingiz mumkin bo‘ladi.

>>> Batafsil.

Eng tez velosiped yangi rekord o‘rnatdi

Kanadalik muhandis Todd Reychart Aerovelo Eta velosipedida tezlik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

>>> Batafsil.

Odil Ahmedov «Nitstsa»ga qarshi o‘yin vaqtida jarohat oldi

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaning «Krasnodar» klubida safida 29 sentabr oqshomida Yevropa Ligasi guruh bosqichining 2-turida Fransiyaning «Nitstsa» jamoasiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

>>>  Batafsil.

Top