20:22 / 30.09.2016
7650

Renault Parijda noodatiy eshikli Trezor elektrokari kontseptini namoyish qildi

Renault kompaniyasi Parij avtosalonida noodatiy eshikka ega Trezor elektrokari kontseptini namoyish qildi.

Modelda ikkita akkumulyator bo‘lib, u joyidan 100 km/soat tezlikkacha 4 soniyadan kamroq vaqtda tezlashadi. Avtomobilda harakatlanish rejimini tanlash ko‘zda tutilgan: neytral, sport va avtonom. Avtonom boshqaruvda avtopilot tizimi nazarda tutiladi.

Avtomobil eshiklari konstruksiyasi antiqadir: mashina ichiga kirish uchun kuzovning yarmini orqaga tashlash kerak bo‘ladi.

 

Mavzuga oid
Top