Rossiya tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, 2001 yil 11 sentabrda AQShda sodir etilgan teraktlarga o'xshash voqealar yana takrorlanishi ehtimoli yuqori, ammo xalqaro hamjamiyat bunday xunrezliklarga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rmoqda. Rossiya TIV rahbari o'rinbosari Oleg Siromolotov shunday fikrni bildirgan.

«Shu boisdan ham, 2001 yili AQShda sodir etilgan qo'poruvchiliklarga o'xshashi boshqa takrorlanmaydi, deyish mushkul», — deya Siromolotov so'zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Uning so'zlariga ko'ra, bunday teraktlarning qamrovini ham tasavvur qilish qiyin.