15:15 / 30.09.2016
4992

Tashkent Open: Nigina Abduraimova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova «Toshkent open – 2016» xalqaro turnirining juftlik bahslarida yaponiyalik Xiroko Kuvata bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nufuzli turnirning birinchi davrasida Nigina va Xiroko polshalik Katarijan Piter va ispaniyalik Silviya Soler-Espinosani 7:5, 7:5 hisobida, chorak finalda ukrainalik Lyudmila va Nadya Kichenoklarni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

N.Abduraimova va X.Kuvata turnirning yarim final uchrashuvida gollandiyalik Demi Shuurs hamda chexiyalik Renata Voratsovaga qarshi kortga chiqadi.

Mavzuga oid
Top