18:43 / 01.10.2016
4166

Facebook Snapchat mashhur bo‘lmagan mamlakatlarda yangi xizmatni sinovdan o‘tkazmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z messenjerida Messenger Day funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. U Snapchat va Instagram sahifalaridagi yozishmalarni yodga solib turadi, deb yozmoqda TechCrunch.

Xizmatni sinovdan o‘tkazish ishlari Polshada bo‘lib o‘tmoqda. TechCrunch nashrining yozishicha, kompaniya ataylab Snapchat unchalik mashhur bo‘lmagan mamlakatni tanlagan. 

«Bizning Polshada ishga tushirgan yangi usulimiz foydalanuvchilarga surat va videolavhalarni havola qilishga imkon beradi», — deya izohlashgan Facebook. 

TechCrunch qayd etishicha, Messenger Day ilovasi Snapchat va Instagram sahifalaridagi yozishmalarni to‘lig‘ichayodga soladi. Uning sezilarli farqi suratlarga qo‘yish mumkin bo‘lgan filtrlardir. 

Facebook tegishli bo‘lgan Instagram fotoxizmati xuddi shunga o‘xshash xizmatni Snapchat Stories nomi bilan 2016 yil 2 avgustda ishga tushirgan edi. TechCrunch nashriga ko‘ra, bunday funksiya ijtimoiy tarmoqning o‘zida ham paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq so‘nggi pallada kompaniya firidan qaytgan.

Mavzuga oid
Top