17:25 / 01.10.2016
6811

Golden Boy sovriniga da'vogarlik qilayotgan 40 nafar futbolchi nomi ma'lum

Italiyaning Tuttosport nashri Yevropada yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Golden Boy sovriniga da'vogarlik qilayotgan 40 nafar futbolchi nomini ma'lum qildi.

Dele Alli (Angliya, "Tottenhem"), Marko Asensio (Ispaniya, "Real"), Beyli Leon (Yamayka, "Genk") Rishedli Bazur (Niderlandiya, "Ayaks"), Gabriel Boskilia (Braziliya, "Monako"), Yulian Brandt (Germaniya, "Bayyer"), Luna Karlos Fernandes (Ispaniya, "Sevilya"), Andreas Kristensen (Daniya, "Borussiya" M), Kingsli Koman (Fransiya, "Bavariya"), Ante Korich (Xorvatiya, "Dinamo" Zg), Amadu Diavara (Gvineya, "Napoli"), Danilu Barboza da Silva (Braziliya, "Benfika"), Mussa Dembele (Fransiya, "Seltik"), Usman Dembele (Fransiya, "Borussiya" D) Janluidji Donnarumma (Italiya, "Milan"), Brel Embolo (Shveytsariya, "Shalke"), Aleksandr Golovin (Rossiya, TsSKA), Gonsalu Gedish (Portugaliya, "Benfika"), Demaray Grey (Angliya, "Lester"), Marko Gruich (Serbiya, "Liverpul"), Alen Xalilovich (Xorvatiya, "Gamburg"), Kelechi Ixeanacho (Nigeriya, "Manchester Siti"), Aleks Ivobi (Nigeriya, "Arsenal"), Viktor Kovalenko (Ukraina, "Shaxter"), Ruben Loftus-Chik (Angliya, "Chelsi"), Lukas Ernandes (Fransiya, "Atletiko"), Emanuel Mammana (Argentina, "Lion"), Natan (Braziliya, "Vitess"), Jyul-Olive Ntcham (Fransiya, "Djyenoa"), Markus Reshford (Angliya, "Manchester Yunayted"), Renatu Sanchesh (Portugaliya, "Bavariya"), Jayro Ridevald (Niderlandiya, "Ayaks"), Antonio Sanabriya (Paragvay, "Betis"), Leroy Sane (Germaniya, "Manchester Siti"), Djonatan Ta (Germaniya, "Bayyer"), Yuri Tilemans (Belgiya, "Anderlext") va Almami Ture (Mali, "Monako").

G‘olib dekabr oyida aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur mukofat "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalga topshirilgandi.

Mavzuga oid
Top