22:41 / 01.10.2016
4717

Kavanining dubli PSJga "Bordo" ustidan g‘alaba keltirdi

Fransiya chempionatining 8-turida PSJ jamoasi uyda "Bordo"ni qabul qildi hamda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

"Park de Prens"da bo‘lgan uchrashuvning 3-daqiqasida Edinson Kavani hisobni ochishga erishdi. Urugvaylik hujumchi 30-daqiqada ham yana gol urdi. Natijada, Kavani kiritgan ikkita gol PSJga g‘alaba taqdim qildi. Bu g‘alabadan keyin PSJning ochkolari soni 16taga yetdi va jamoa 2-o‘ringa ko‘tarildi. "Bordo" esa 13 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. 

Fransiya - Liga 1. 8-y tur

PSJ (Parij) – Bordo (Bordo) – 2:0

Gollar: Kavani, 3 (1:0); Kavani, 30 (2:0).

Ogohlantirishlar: Mene, 51 – Pallua, 87.

manba:tribuna.uz

Top