00:17 / 02.10.2016
7988

1 oktabrdan sportchilarga meldoniyni qabul qilishga taqiqlov to‘liq kuchga kirdi

Meldoniy vositasi uchun yakuniy taqiqlov 1 oktabrdan kuchga kirdi. Iyulda Butunjahon aksildoping agentligi uch oylik "o‘tish davrini" kiritgandi, uning davomida sportchilar meldoniy qabul qilishda "qo‘lga tushishlari" mumkin bo‘lgan, biroq agar uning miqdori millilitr qonga 1 mikrogrammdan oshmasa.

Bu muddat yakuniga yetgach, ushbu masala bo‘yicha boshqa "bahonalar" qabul qilinmaydi. Bundan tashqari, WADA yaqinda chop etilgan 2017 yil uchun taqiqlangan moddalar ro‘yxatida meldoniyni qoldirgan.

 

Mavzuga oid
Top