17:10 / 02.10.2016
4873

Drezdenda politsiyachilarning mashinalariga o‘t qo‘yildi

Germaniyaning Drezden shahrida politsiyachilarning avtomobillari (3ta avtomobil) noma'lum shaxs tomonidan yoqib ketilgan. Bu haqda Mopo24 nashri tomonidan xabar tarqatilgan. Hodisa Königsbrücker ko‘chasidan uzoq bo‘lmagan hududda ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi aytilgan, zarar miqdori bir necha o‘n ming yevroni tashkil qilgan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, gumondor qo‘lgan olingan, uning shaxsi oshkor qilinmagan.

Bu hodisa shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtda ro‘y berdi. Bu tartib o‘tgan oy oxirida shaharda ro‘y bergan portlash tufayli kiritilgandi.

Mavzuga oid
Top