14:34 / 02.10.2016
7070

"Mettyu" dovuli Karib havzasidagi orollarga yaqinlashmoqda

Karib havzasidagi Yamayka, Kuba va Gaiti "Mettyu" dovuli bilan to‘qnashish arafasida. Bu haqda CNN xabar tarqatdi.

AQSh dovullarni kuzatish milliy markazi ma'lumotiga ko‘ra, uning tezligi soatiga 240 kilometrni tashkil qilmoqda. Bu esa dovulning harakatlanish tezligi pasayganini ko‘rsatadi - 1 kun oldingi tezlik soatiga 257,4 kilometrni tashkil etayotgandi (soniyasiga 71,5 metr).

Sinoptiklar bu tabiiy ofat AQShning janubiy qirg‘oqlarigacha yetib borishi ehtimolini ham istisno etmagan.

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu dovul 2007 yili yuz bergan dahshatli "Feliks" to‘fonidan keyin ilk bora kuzatilayotgan kuchli to‘fondir. 

Mavzuga oid
Top