21:54 / 02.10.2016
6801

Osiyo chempionati U16. O‘zbekistonni chorak finalda qoldirib ketgan Iroq Osiyo chempioni bo‘ldi

Hindistonda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Finalda Eron va Iroq vakillar uchrashdi.

O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Iroqning qo‘li baland kelib, iroqlik o‘smirlar Osiyo chempioni bo‘lishdi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu turnir chorak finaliga qadar borgan va bo‘lajak chempion Iroqqa 0:2 hisobida yutqazib, Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagandi.

Osiyo chempionati U16.
Eron – Iroq – 0:0 pen. 3:4

Mavzuga oid
Top