15:10 / 02.10.2016
5722

Rim papasi Ozarboyjonga tashrif buyurdi

Rim papasi Frantsisk Ozarboyjonga bir kunlik tashrif bilan yetib keldi. 1news.az ma'lumotiga ko‘ra, Bokuning Haydar Aliyev nomidagi Xalqaro aeroportida Rim-katolik cherkovi yetakchisini Ozarboyjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayyubov, mamlakatning boshqa rasmiylari va mahalliy katolik ruhoniylari vakillari kutib olgan.

Pontifikka Vatikan davlat kotibi, kardinal Petro Parolin boshchiligidagi cherkov ruhoniylari, shuningdek, jahon jurnalistlarining katta guruhi hamrohlik qilmoqda.

Papa Frantsiskning Bokuga tashrifi davomida mahalliy katolik cherkoviga yo‘l olgan.

Kunning ikkinchi yarmida Rim papasining Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, pontifikning Kavkaz musulmonlar boshqaruvi raisi Allohshukur Poshshozoda va Ozarboyjon diniy jamiyatlari rahbari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Rim papasi 30 sentabr-1oktabr kunlarida Gruziyada bo‘lgandi. Shu yilning yozida, iyun oyining oxirgi kugnlarida esa u Armanistonga 3 kunlik tashrifini amalga oshirgandi.

Mavzuga oid
Top