17:28 / 02.10.2016
14946

“Vazirlikdagi akasi” bilan gaplashib, o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Suhrob Qodirov tanishi Sanobar Ja'farovani (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uchratib qoldi. Unga jiyani o‘qishga kira olmagani, kontrakt asosida kirsa ham o‘qishini aytdi. Shunda Sanobar unga bu masalada yordam bera olishligini bildirdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Sanobar ikki kundan keyin Suhrobni kafeda uchrashishga chaqirdi. Borsa, u Manzura Mustafoyeva bilan o‘tirgan ekan. Suhrobning yonida u G‘ulomjon Odilovga telefon qilib, yordam so‘radi. So‘ngra u Suhrobga o‘qishga kiritib berish haqi yetti ming dollar bo‘lishini aytdi. Suhrob buncha pul bera olmasligini, hozir to‘rt ming, ish bitsa, yana ikki ming dollar berishini ma'lum qildi.

Manzura rozi bo‘ldi. Pulni olib xayrlashdi va keltirib G‘ulomjon Odilovga berdi. Bu shaxs esa “Vazirlikdagi akam bilan gaplashib, albatta hal qilaman”, dedi. Bularning bari firibgarlik edi.

Suhrob natijasini surishtiravergach, noiloj qolgan G‘ulomjon yana 2 ming AQSh dollarini olib kelishini aytdi. Biroq bu safar S.Qodirov hushyor tortdi. Ularning qing‘irliklari haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.

Sanobar, Manzura va Suhrob firibgarlikni o‘ziga kasb qilgan G‘.Odilovning yoniga borib, o‘sha masalani muhokama qilishayotganida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. 

Sud tomonidan aybdorlarga qonuniy jazo tayinlandi.

Top