07:31 / 02.10.2016
6394

WP: SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasining portlashida raqobatchilardan shubha qilmoqda

SpaceX kompaniyasi o‘zining Falcon 9 raketasining portlashi sabablarini aniqlash vaqtida raqobatchisi – United Launch Alliance (ULA) kompaniyasini bunda "qo‘li borligiga" shubha qilmoqda, deb yozmoqda The Washington Post nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya videoga raketani uchirish platformasi yonida joylashgan raqobatchi kompaniya binosi tomida shubhali harakatlarni qayd qilgan. 

Nashrning yozishicha, SpaceX vakillari videoda Falcon 9 raketasi sinovga tayyorlanayotgan uchirish platformasi yaqinidagi binoda shubhali harakatlarni aniqlashgan.

Bu bino SpaceX raqobatchisi ULA’ga tegishli bo‘lib, uchirish platformasidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan va platforma uning binosi tomidan yaxshi ko‘rinib turadi. Ilon Mask kompaniyasi raqobatchi binosi tomida "avval qora soya, so‘ngra oq dog‘" ko‘ringan kadrlarga ega.

SpaceX xodimi tergov doirasida ULA tomiga tushmoqchi bo‘lgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, raqobatchi kompaniyada unga tomga chiqishga ruxsat berilmagan va AQSh harbiy-havo kuchlari maxsus tergovlari boshqarmasiga murojaat qilingan. Tergovchilar tomni ko‘zdan kechirib, raketa portlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan hech narsa aniqlashmagan.

 

Top