17:45 / 03.10.2016
4173

Drezdenda antiislom tarafdorlari Merkel va Germaniya prezidentini hushtakbozlik bilan qarshi olishdi

Drezdenda bir necha yuzlab namoyishchilar kansler Angela Merkel va Germaniya prezidenti Yoaxim Gaukni hukumatga qarshi shiorlarda kutib olishdi. Bild nashrining xabariga ko‘ra, namoyishchilar Pegida islomga qarshi harakat a'zolari bo‘lishgan.

Germaniyada 3 oktabrda “Nemis birligi kuni” nishonlanadi. Shu munosabat bilan Merkel, Gauk, bundestag rahbari Norbert Lammert va yuqori lavozimli boshqa siyosatchilar Saksoniyada bo‘lishdi. U yerda ularni Saksoniya vaziri Stanislav Tillix transport vazirligi binosida kutib oldi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, namoyishchilar ularni qichqiriq bilan qarshi olishgan, siyosatchilarni sotqinlikda ayblashgan va Merkelni o‘z lavozimidan ketishini talab qilishgan.
Ayni damda bayram tadbirlari davom etmoqda. Shahar xavfsizligini hukuqni muhofaza qiluvchi organlarning 2,6 mingdan ziyod xodimi ta'minlamoqda.
Ma'lumot uchun: Drezden — Saksoniya federal yerining poytaxti hisoblanadi. Shahar aholisi yarim milliondan ko‘pni tashkil etadi. Hududda antimuhojirlik kayfiyati o‘ta yuqori.

Mavzuga oid
Top