20:22 / 03.10.2016
14681

Botir Qodirov xalqaro festivalda ishtirok etmoqda

Xitoyda o‘tayotgan XVIII Xalqaro Pekin festivalida 24 davlatdan 200 dan ziyod san'atkor ishtirok etayapti. Markaziy Osiyodan faqat O‘zbekiston san'atkorlari taklif qilingan mazkur festival 1 oktabr kuni boshlandi. 

Botir Qodirov ijodiy jamoasi, “Sirdaryo navolari” raqs dastasi hamda taniqli raqqosa Parizodadan iborat ansambl besh kun mobaynida xorijlik professional san'atkorlar bilan Xalqaro Pekin festivalida ishtirok etmoqda. 

Ochilish marosimi Pekin shahrining Xalqaro Olimpiya maydoni hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Shahar rasmiylari, mehmonlar va O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchisi va elchixona xodimlari ishtirok etishdi. Botir Qodirov boshchiligidagi ijodiy guruh mezbon davlat san'atkorlaridan keyin birinchi bo‘lib sahnaga chiqishdi.

Festivalning ochilish marosimi musiqiy paradga ulanib ketdi. Festival mehmonlari qadimiy va jozibakor milliy san'atimizdan bahramand bo‘ldi va olqishlar bilan san'atkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashdi. Festival davom etmoqda.
 

Top