11:10 / 03.10.2016
18460

«Karib dengizi qaroqchilari»ning yangi qismi ilk tizer-treyleri taqdim etildi

“Murdalar ertak aytmaydi” nomi bilan katta ekranlarga chiqadigan “Karib dengizi qaroqchilari” filmining beshinchi qismining ilk tizer-treyleri taqdim etildi.

Film syujyetida butun qaroqchilarni o‘ldirishni niyat qilgan Salazarni (Xaver Bardem) yengmoqchi bo‘lgan Jyek Vorobey Poseydonning uch shoxli tayog‘ini izlaydi.

Filmga aktyorlar Jonni Depp va Orlando Blum qaytishgan. Bundan tashqari, rollardan birini Pol Makkartni ijro etgan.

Ushbu film premerasi 2017 yilning mayida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top