18:56 / 03.10.2016
17555

OAV IShID rahbarining zaharlangani haqida xabar tarqatdi

IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni va uning 3 nafar sherigini zaharlashgan. Bu haqda Erondagi Press TV telekanali nomini sir tutishni so‘ragan manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Xabar qilinishicha, uning taomiga zahar aralashtirilgan. Natijada u va uning yonidagilar og‘ir darajada zaharlanishgan. Hodisa Iroq shimolidagi Naynavo viloyatida ro‘y bergan.

"IShID al-Bag‘dodiy bo‘lgan hududlarda hibsga olish ishlarini boshlab yubordi", — degan manba hamda jangarilar yetakchilari "og‘ir zaharlanishdan azob chekishayotganini", ularni noma'lum tomonga olib ketishganini bildirgan.

Iraqi Media News Agency suhbatdoshi al-Bag‘dodiyning qayerdaligi faqatgina uning atrofidagilargagina ma'lumligini, IShID rahbari muntazam ravishda joyini o‘zgartirib turishi qo‘shimcha qilingan.

Qayd etish kerakki, OAVda al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida tez-tez xabar berib turiladi. 14 iyun kunida Buyuk Britaniyaning Mirror gazetasi jangarilarning yangilik agentligi xabariga tayanib IShID rahbari Raqqa shahrining bombardimon qilinishi vaqtida halok bo‘lganligini yozgan, lekin bu xabar tasdiqlanmagandi.

10 iyun kuni ham al-Bag‘dodiy va bir necha qo‘mondon Iroq va Suriya chegarasi hududida berilgan havo zarbalari oqibatida og‘ir darajada jarohatlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top