17:32 / 04.10.2016
7325

AQSh davlat qarzi bir yilda 7,8 foizga oshdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining federal qarzi 2016 moliya yilida (2015 yil sentabridan 2016 yil 29 sentabriga qadar) 7,8 foiz, yoki 1,4 trln dollarga oshib, jami 19,573 trln dollarni tashkil etgan. AQSh moliya vazirligi hisobotida shunday ma'lumotlar keltirilgan. 

Amerika statistika byurosi (Census Bureau)ga ko‘ra, iyun oyi oxirida AQShda 118,2 mln xo‘jalik mavjud bo‘lgan. Shunga binoan, har bir amerika oilasiga to‘g‘ri keladigan qarz miqdori 2016 moliya yilida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 12 ming dollarga ko‘payib, 165,5 ming dollarni tashkil etgan. 

Avvalroq, AQSh moliya vazirligi ma'lum qilganidek, Barak Obama prezidentligining 90 oyi: 2009 yil fevralidan 2016 yil iyunigacha bo‘lgan davr mobaynida AQSh davlat qarzi 8,79 trln dollarga ortib, 10,63 trln dollardan 19,42 trln dollarga yetgan. 

Mavzuga oid
Top