20:03 / 04.10.2016
30538

Fotoreportaj: Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi bo‘ylab sayohat

Hyatt Regency Tashkent O‘zbekiston poytaxtining qoq markazida qad rostlagan bo‘lib, shaharga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Mazkur 5 yulduzli mehmonxonada xalqaro standartlarga javob beruvchi xonalar, restoran va anjuman zallari, dam olish xonalari, basseyn hamda spa-salonlar joylashgan. 

Hyatt Hotels Corporation bosh idorasi Chikagoda joylashgan bo‘lib, 12 brend  va 54 mamlakatdagi 667ta mehmonxonani boshqaradi. 

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi kuzning oxirigacha ishga tushishi rejalashtirilgan. Mehmonxonalar, jumladan, 38ta lyuks, sakkizta biznes-lyuks, beshta diplomatik lyuks va prezident lyuks xonalarini taklif etadi. 

Mehmonxonada quyidagi toifadagi xonalarni uchratish mumkin: King Room, Twin Room, Superior King, Superior Twin, Superior King with Terrace, Superior Twin with Terrace, Club King Room, Club Twin Room, Club Superior King Room, Club Superior Twin Room, Regency Suite King, Regency Executive Suite, Diplomatic Suite, Presidential Suite.

Birinchi qavatda joylashgan Khiva kafesi kun davomida faoliyat olib boradi. Bu yerda milliy taomlardan tanovul qilish imkoni mavjud. Chai Lounge kafesi esa mehmonlarga qaynoqqina choy, qahva, mazali shirinliklar va desertlarni taqdim etadi. 

Mehmonxonaning yettinchi qavatida joylashgan Sette Pizza Bistro restorani Toshkentning go‘zal manzarasini tomosha qilish uchun ajoyib imkon yaratadi. Shuningdek, mehmonlar uchun betakror terassa va eng yaxshi dijyeylarga ega zamonaviy bar ham  xizmat qiladi. 

Alohida binoda qad rostlagan banket zali Regency Ballroom 855 kv. m. maydonga ega. Mazkur zalda katta tadbirlar, nikoh oqshomlarini nishonlash mumkin.  

Mehmonxonada shuningdek, spa-salon, 20 metrli yopiq suv havzasi, fitnes zallari va anjumanlar uchun xonalar mavjud.

Top