19:14 / 04.10.2016
19010

GM Uzbekistan Belarusda Ravon brendini namoyish etdi

Foto: GM Uzbekistan

GM Uzbekistan kompaniyasi 30 sentabr kuni Belarusda Ravon brendini namoyish qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati feysbukdagi rasmiy sahifa orqali ma'lum qilgan.

Belarusda yangi brendning R2, Nexia R3 va Gentra avtomobillari taqdimoti o‘tkazilgan. Yil oxirigacha ular qatoriga R4 modeli ham qo‘shiladi.

Oktyabr-dekabrda Ozarboyjon va Turkmanistonda ham yangi brend taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu tariqa, MDHning asosiy avtomobil bozorlari qamrab olinadi. Bungacha kompaniya Rossiya, Qozog‘iston va Ukrainada taqdimotlari o‘tkazgandi. 

2017 yilda GM Uzbekistan har bir mamlakatda dilerlik tarmoqlarini kengaytirishni davom ettiradi.

Mavzuga oid
Top