15:29 / 04.10.2016
41369

Oliy ta'lim vazirligi tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi boshqaruv apparatiga kiritilgan o‘zgartishlar tasdiqlandi, deb xabar qilgan Uzreport.uz sayti. 
 
Unga muvofiq, vazirlikning rahbar xodimlari to‘rt nafarga -43dan 39 nafarga kamaytirilgan. Bundan tashqari, markaziy apparat xodimlarining umumiy soniga qo‘yilgan cheklov olib tashlangan (avval – 59 kishi).

Shuningdek, bevosita vazirlik rahbariga bo‘ysungan Oliy ta'lim bosh boshqarmasi vazirning birinchi o‘rinbosari ixtiyoriga berilgan va sezilarli tarkibiy o‘zgarishlarga uchragan. Uning negizida ikkita bosh boshqarma tashkil etilgan.

- OO‘Yu faoliyatini tashkiliy-uslubiy ta'minlash va kadrlar tayyorlash Bosh boshqarmasi – oliy o‘quv yurtlarining ta'lim va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish hamda kadrlar tayyorlashni monitoring (nazorat) qilish va bitiruvchilarni taqsimlash bilan shug‘ullanadi;

- Yangi o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini joriy qilishni nazorat qilish Bosh boshqarmasi – o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar sifati hamda pedagoglarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi. 

Bundan tashqari, vazirlikning alohida tuzilmalari ustidan nazorat qilish vazifalari vazir o‘rinbosarlari orasida qayta taqsimlangan. 

Shu bilan birga, «Ma'naviyat va ma'rifat», ta'lim muassasalarida elektron ta'limni rivojlantirish Markazi va O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik Markazi ham vazirlikka bo‘ysundirilgan. 

Mavzuga oid
Top