21:33 / 05.10.2016
5047

YeI Kengashi Gruziyaga vizalar bekor qilinishini muvofiqlashtirdi

Foto: © AFP

Yevroittifoq Kengashi Gruziya fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishga doir muzokaralarni muvofiqlashtirdi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi. 

"Yevropa Ittifoqining Doimiy vakillar qo‘mitasi Yevrokomissiyaning Gruziyaga vizasiz rejim taqdim qilish to‘g‘risidagi taklifini tasdiqladi", - deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, YeI Kengashining vizasiz rejimni yo‘lga qo‘yishga doir muzokaralar pozitsiyasini tasdiqlagan Yevroittifoqning Doimiy vakillar qo‘mitasi (Coreper) bu borada ana shunday qaror qabul qilgan. 

 

Mavzuga oid
Top