00:11 / 05.10.2016
10039

Google to‘liq o‘zi ishlab chiqqan smartfonni taqdim etdi

Google kompaniyasi San-Frantsiskodagi taqdimot vaqtida ikkita yangi smartfonlar - Pixel va Pixel XL'ni namoyish etdi. 

Har ikki telefonda ham 4 gigabaytli operativ xotira va 32 yoki 128 gigabaytli doimiy xotira, shuningdek, Snapdragon 821 protsessori mavjud. Ikki model o‘rtasidagi asosiy farq — AMOLED displeyining hajmi. Pixel' — 5 dyuymli displey (1080p), Pixel XL'da esa — Quad HD imkoniyatli 5,5 dyuym (2560 piksellarda 1440).

Smartfonlarda USB-C porti va 3,5 millimetrli audioteshik, shuningdek, orqa panelda barmoq izi skaneri mavjud. 

HTC brendi haqida hech nima aytilmadi. Kompaniya qurilmani faol tarzda «Google smartfoni» deb targ‘ib qilmoqda.

Pixel — Google Assistant ovozli yordamchi (Siri muqobili)ga ega Google'ning ilk qurilmasidir. U foydalanuvchining odatlarini o‘rgana boshlaydi va shunga yarasha javob qaytaradi.

Google so‘zlariga ko‘ra, ular smartfon uchun mavjud kameralar ichida eng yaxshisini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan. DxOMark saytining fikricha, Pixel kamerasi iPhone 7 (89 foizli reyting 86 foizga qarshi) qurilmasiga nisbatan ancha yaxshiroq.

Google qayd etishicha, Pixel smartfonida eng tezkor mobil kamera mavjud. Unda optik muqobillashtirish yo‘q, giroskop orqali videolarni muqobillashtirish imkoni mavjud. Kamera 12,3 megapikselli sensor asosida qurilgan. Uning diafragmasi — f/2.0.

Pixel yana bir xususiyati — tezkor zaryadlash. Google 15 daqiqa quvvat olgandan so‘ng batareya 7 soatga yaqin ishlashini va'da qilmoqda.

Smartfon shuningdek, 79 dollar qiymatida bo‘lgan Google Daydream virtual reallik shlemini ham ko‘tara oladi.

Qurilma uch xil rang — qora, kumush va ko‘k (cheklangan nusxa) ranglarda ishlab chiqariladi.

32 GBli Pixel — 649 dollar, 128 GB narxi esa — 749 dollar bo‘ladi. Pixel XL 769 dollar (32 GB model uchun) va 869 dollar (128 GB xotirali model uchun) atrofida bo‘ladi.

Avvaldan buyurtma qilish AQSh, Kanada va Avstraliyada 4 oktabrdan, Hindistonda esa 13 oktabrdan boshlanadi. Qolgan mamlakatlardagi savdo sanasi ma'lum qilinmagan.

Top