12:07 / 05.10.2016
9504

Xavi Ronaldu borasidagi fikrlarini davom ettirdi

Qatarning "Al-Sadd" klubi yarim himoyachisi Xavi Ernandes "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan aytishuvga o‘z munosabatini bildirdi.

"Mening gaplarim Ronalduga yoqmaganini bildim, ammo o‘z fikrimda qolaman. Qolaversa, uning menga aytgan "Oltin to‘p" haqidagi gaplari ham haqiqat.

Men odamlarga hurmatsizlik qilishni istamayman. Biroq o‘z fikrimni o‘zgartirmayman. U ham menga nisbatan hurmatsizlik qilmadimi?", - deydi Xavi Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xavi avvalroq Ronalduni omadi kelmaganini va u dunyo tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘lgan Messi bilan bir davrda o‘ynayotganligi borasida aytib o‘tgandi. Bunga javoban esa Ronaldu o‘zida uchta "Oltin to‘p" borligini ta'kidlagandi.

Top