11:36 / 05.10.2016
7915

XVJ 2016-2017 yillarga O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur'atlari prognozini oshirdi

© RIA Novosti

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2016 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur'atlari prognozini 1 foizga oshirdi.

Tashkilotning oktabrdagi "Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi istiqbollari" deb nomlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston YaIMning 2016 yildagi o‘sishi 6 foizni tashkil qiladi. Avvalroq jamg‘arma O‘zbekiston YaIM joriy yilda 5 foizga o‘sishini prognoz qilgan.

XVJ mutaxassislari prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM 2017 yilda ham 6 foizga o‘sadi. Avvalroq bu ko‘rsatkich 5,5 foiz darajasida prognoz qilingandi.

XVJning ta'kidlashicha, sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sur'atlarini saqlab qoladi, biroq asosiy eksport mahsulotlariga nomaqbul narxlar iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. 

XVJ hisobotida ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda inflyatsiya miqdori 2016 yilda 8 foizni, 2017 yilda esa 9,8 foizni tashkil qiladi.

2016 yilda to‘lov balansining joriy hisobi saldosi O‘zbekiston YaIMga nisbatan 0,1 foizni, 2017 yilda 0,2 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.
 

Mavzuga oid
Top