00:06 / 05.10.2016
15032

Gap kelganda "otasini ayab o‘tirmaydigan" Filippin prezidenti kimlarni "iliq so‘zlari bilan siylash"ga ulgurdi

Filippinning prezidenti Rodrigo Duterte 2016 yil iyunidagina prezident bo‘lganiga qaramasdan, ko‘pchilik jahon yetakchilari va tashkilotlarini haqoratlashga ulgurdi. Quyida Duterte va uning raqiblari o‘rtasidagi "o‘zaro fikr almashishlar" qanday kechganini e'tiboringizga havola qilamiz.

Rodrigo Duterte
Agar siz giyohvandlarni bilsangiz, borib ularni o‘zingiz o‘ldiravering (Filippin aholisiga murojaati)

BMT: BMT Filippin hukumatining giyohvandfurushlikka qarshi usullarini qoralagan
Dutertening javobi: Sizni haqoratlamoqchi emasman. Biroq ehtimol, biz BMTdan chiqib ketishimizga to‘g‘ri keladi. Nima uchun biz bu tentaklarni eshitishimiz kerak?

Rodrigo Duterte
Jon Kerri (AQSh davlat kotibi) keldi, birga ovqatlandik, u 32 million dollar tashlab ketdi. Ajoyib. Keling bu ahmoqlar munosabatlarni yo‘lga qo‘yishi uchun ularni yana haqoratlaylik.

Barak Obama: Sharqiy Osiyo sammitida Duterte bilan Filippinda inson huquqlariga amal qilinishi haqida gaplashib qo‘yaman.
Dutertening javobi: Hurmat qilishni bilish kerak. Shunchaki savol va so‘zlarni havoga tashlash kerakmas. Yaramas, men seni bu forumda lan'atlayman.

Barak Obama: Ko‘rinib turibdi, u turfa yigit. Men o‘z jamoamga filippinlik hamkasblar bilan konstruktiv va samarali muzokaralarga ishonish mumkinligini aniqlash uchun gaplashishga ko‘rsatma berdim. 
 
Dutertening javobi: Bu "yaramas" deganini anglatmaydi. Men inson huquqlari bo‘yicha tahdid sababli g‘azablangandim. Bu AQSh Davlat departamentidagi telbalarning aybi.

BMT: BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Filippinda inson huquqlari buzilishini qoralab chiqqan
Dutertening javobi: Men o‘zimga "yana bitta ahmoq-da", dedim. Men jinoyatchilarga qarshi kurashni davom ettiraman. Tufurdim. Men xalqaro hamjamiyat respublikasi prezidenti emasman, men Filippin prezidentiman. 

Yevropa Ittifoqi: Yevropa Ittifoqi parlamenti Filippin hukumatining giyohvandfurushlikka qarshi kurashish usullarini qoralagan.
Dutertening javobi: Yevropa Ittifoqi mening harakatlarimni qoralaganini o‘qidim. Ularga bitta gapim – yo‘qollaring.

Rodrigo Duterte: AQSh Davlat departamenti bizga yordam berish o‘rniga bizni tanqid qilmoqda. Siz, janob Obama, jahannamga borishingiz mumkin. Yevropa Ittifoqi esa yaxshisi mahshargohni tanlasin, chunki do‘zah to‘lib bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top