06:46 / 05.10.2016
40781

Obama Suriya armiyasiga zarbalar berish Rossiya bilan qarama-qarshilikka yaqinlashtirishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama milliy xavfsizlik kengashi doirasida Suriyadagi vaziyatni tartibga solishni muhokama qilib, Suriya armiyasiga zarbalar berish AQSh qurolli kuchlarini Rossiya bilan qarama-qarshilikka yaqinlashtirishi mumkinligi haqida o‘ziga hisobot beradi, qarama-qarshilik tomonlar manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi, deb aytdi Oq uy vakili Josh Ernest matbuot-anjumanida.

"Tuzum maqsadlariga zarba berish bilan bog‘liq xatarlar bor – bu xatarlidir. Shuningdek, AQSh va Rossiya qurolli kuchlari qarama-qarshilikka yaqinlashadi, bu esa tomonlardan istalgani uchun nomaqbuldir", deb javob berdi Ernest "Suriya armiyasiga hujum qilish vaziyatdan chiqishning chorasi bo‘ladimi?" degan savolga.

Ernest navbatdagi marta ta'kidlashicha, AQSh Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z atrofida bir-biri bilan adovatda bo‘lgan kuchlarni yarashtira oluvchi hukumatni shakllantira olmayotganini ta'kidlamoqda. Shu bilan birga AQSh ixtilofni hal qilish uchun kuch ishlatar emas, balki diplomatik sa'y-harakatlarni davom ettiradi.

Top