10:19 / 05.10.2016
5300

O‘zbekiston elchisi RF MSK rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov 4 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Uzdaily xabar bergan.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston MSK va Rossiya MSK o‘rtasida hamkorlik qilish masalalarini, shuningdek, 2 mamlakatdagi saylovlarda kuzatuvchilarning ishtiroki masalasin muhokama etishgan.

Bahromxon Ashrafxonov uchrashuv davomida O‘zbekistonda 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik haqida gapirib bergan. U O‘zbekiston tomoni uchun saylovda xalqaro kuzatuvchilarning, jumladan Rossiya MSK vakillarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan.

Pamfilova O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovda ishtirok etish taklifini mamnuniyat bilan qabul qilgan. U Rossiya MSK O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor ekanini qayd etib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top