19:13 / 06.10.2016
6789

Istanbuldagi Otaturk aeroporti yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Kamida 5 kishi Istanbul shahridagi politsiya mahkamasida ro‘y bergan portlash tufayli jarohatlangan. NTV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, ulardan biri og‘ir ahvolda qolmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarda aytilishicha, avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Politsiya bu portlash ijrochilarini qidirish ishlarini boshlagan.

Portlash Otaturk xalqaro aeroporti yaqinida, Shirinevler tumani hududidagi politsiya mahkamasida sodir bo‘lgan.

Voqea joyida maxsus xizmatlar xodimlari ish olib borishmoqda. Hudud o‘rab olingan.

Mavzuga oid
Top