20:03 / 06.10.2016
17501

JCh-2018 saralashi. Eron Toshkentda O‘zbekiston ustidan g‘alabasini nishonladi

Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi, uchinchi turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushib, o‘zining ushbu bosqichdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilishiga to‘g‘ri keldi.

Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo‘limning 27-daqiqasida Jalol Husayniy tomonidan kiritildi.

Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin ushbu o‘yinda jamoa sardori sifatida harakat qilgan Server Jyeparov jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rnini Aleksandr Geynrix egalladi. Uning maydonga tushishi jamoaning hujumdagi faolligini oshirgan bo‘lsada, u va jamoadoshlari urinishlari samara bermadi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining ochkolari soni ushbu o‘yindan keyin ham oltitaligicha qoldi. Eron yetti ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Guruhning boshqa uchrashuvlarida Janubiy Koreya Qatarni 3:2, Suriya esa safarda Xitoyni 1:0 hisoblarida mag‘lub etishdi.

Ma'lumot uchun, Samvel Babayan terma jamoani qabul qilib olganidan so‘ng ketma-ket 9 rasmiy o‘yinda zafar quchgandi. Eronga qarshi bellashuvda esa uning birinchi mag‘lubiyati qayd etildi.

O‘zbekiston – Eron – 0:1
Gol: Jalol Hussayni 26, - 0:1

O‘zbekiston - 21.Aleksandr Lobanov, 2.Yegor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jyeparov (15.Aleksandr Geynrix, 38), 10.Sardor Rashidov (17.Jaloliddin Masharipov, 62), 11.Igor Sergeyev (4.Marat Bikmayev, 72), 18.Otabek Shukurov, 19.Vitaliy Denisov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Eldor Shomurodov.

Eron - 12.Alirizo Beiranvand, 3.Ehson Xojsafi, 4.Jalol Hussayni, 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi, 7.Mas'ud Shojai (14.Andranik Teymurian, 83), 8.Murtazo Puraliganji, 11.Vohid Amiri, 16.Rizo G‘uchannajod (20.Sardor Azmun, 63), 17.Mehdi Taremi (18.Alirizo Jahonbahsh, 75), 23.Ramin Rizoian.

Uchrashuv statistikasi:

To‘pga egalik qilish (%): 55-45
Zarbalar: 4-7
Aniq zarbalar: 0-2
Noaniq zarbalar: 4-5
Jarima to‘plari: 13-15
Burchak to‘plari: 3-3
O‘yindan tashqari holat: 1-0
Seyvlar: 1-0
O‘yin qoidasini buzish: 15-13
Sariq kartochkalar: 2-0
Qizil kartochkalar: 0-0

Top